• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 737 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (ID-20396) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyiha 3-moddasi uchinchi xatboshiga ko‘ra, “baholovchi tashkilot – baholash ob'ekti qiymatini baholash bo‘yicha baholash faoliyatini amalga oshiruvchi hamda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatuvchi,  baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkiloti a'zosi bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lib, u haqidagi ma'lumotlar vakolatli organ veb-saytiga joylashtiriladi”, - deb belgilangan.

    Bunda, baholovchi tashkilotlar haqidagi ma'lumotlarning vakolatli davlat organi veb-saytida jyolashtirilishi nazarda tutilgan.

    Bu esa, mazmunan ushbu tashkilotlarni davlat tomonidan boshqarilishini nazarda tutadi.

    Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi “Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6044-sonli Farmoni 1-ilovasi 10-bandiga ko‘ra, baholash faoliyati sohasida “O‘zini-o‘zi boshqarish tashkilotlariga majburiy a'zolikni belgilagan holda o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmini rivojlantirish” belgilangan.

    Shu bois, baholovchi tashkilotlar haqidagi ma'lumotlarning

    2. Loyiha 3-moddasi o‘n ikkinchi xatboshiga ko‘ra, “baholovchilar malakasini oshirishning namunaviy dasturi – ta'lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda vakolatli organ tomonidan baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan o‘quv dasturi”, - deb belgilangan.

    Ushbu norma orqali, shuningdek, loyihaning boshqa normalarida baholovchilarning malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har kalendar' yil davomida, shuningdek uning amal qilishi muddatini uzaytirganda vakolatli organ tomonidan tasdiqlanagan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha kamida 40 soatlik malaka oshirish kurslaridan o‘tishi shartligi nazarda tutilgan.

    Biroq, bu kabi talablarning majburiy qilib belgilanishi baholash faoliyatini amalga oshirishda ortiqcha byurokratik to‘siq bo‘lib, mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun zaruriy shart hisoblanmasligi lozim.

    Zero, baholovchi o‘z faoliyatini doimiy amalga oshirish davomida kasb mahorati va ko‘nikmalarini professional shakllantirgan bo‘lishi hamda o‘quv kurslarida malaka oshirish uchun unda zarurat bo‘lmasligi mumkin.

    Malaka oshirishga zarurati bo‘lgan shaxslar esa, bunday o‘quv kurslarida ixtiyoriy ravishda malaka oshirishlari mumkin.

    Shu sababli, loyihada o‘quv kurslarida har kalendar' yil davomida malaka oshirishni baholash faoliyatinining majburiy sharti qilib belgilash maqsadga muvofiq emas.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, malaka oshirish kurslaridan majburiy o‘tish talabini nazarda tutuvchi normalarni loyihadan chiqarib tashlash lozim.

    3. Loyiha 3-moddasi o‘n to‘rtinchi xatboshiga ko‘ra, “baholovchi tashkilotlar reestri – vakolatli organ veb-saytida joylashtirilgan baholovchi tashkilotlar ro‘yxati”, - deb belgilangan.

    Loyiha 27-moddasida esa, “Baholovchi tashkilot – baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlarining biri a'zosi bo‘lgan va vakolatli organ tomonidan baholovchi tashkilotlar reestriga kiritilgan yuridik shaxs”, deb keltirilgan.

    Shuningdek, 34-moddaga ko‘ra, “Baholash ob'ektini baholash vakolatli organning baholovchi tashkilotlar reestriga ma'lumotlari kiritilmagan baholovchi tashkilot tomonidan o‘tkazilishi lisenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanishga tenglashtiriladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tegishli javobgarlikni keltirib chiqaradi, bu tashkilot tuzgan baholash haqidagi hisobotlar yoki ekspert hulosalari esa haqiqiy emas deb hisoblanadi”.

    47-moddaga ko‘ra esa, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan baholovchi tashkilot baholovchi tashkilotlar reestriga ma'lumotlar kiritish uchun vakolatli organga borib yoki elektron shaklda mazkur moddada keltirilgan ma'lumotlarni taqdim etadi.

    Baholovchi tashkilotni baholovchi tashkilotlar reestriga kiritish uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

    48-moddaga ko‘ra, Baholovchi tashkilot uni baholovchi tashkilotlar reestridan chiqarish haqida qaror qabul qilingan sanadan boshlab baholash faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.

    Baholovchi tashkilotlar reestridan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha chiqarilgan baholash tashkiloti uni baholovchi tashkilotlar reestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida baholovchi tashkilotlar reestriga kiritish haqida ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli emas.

    Yuqoridagilardan ko‘rinib turganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6044-sonli Farmoni asosida bekor qilingan baholash faoliyatini amalga oshirish lisenziyasi o‘rnida yangicha bir ruxsat beruvchi tartib-taomilni joriy etish belgilangan.

    Vaholangki, mazkur Farmon bilan sohani tartibga solishning muqobil mexanizmi aniq belgilab berilgan.

    Unga ko‘ra, baholash faoliyatini amalga oshirish tadbirkorlik sub'ekti sifatida ro‘yxatga olish, baholovchilarga malaka sertifikatini berish, o‘zini-o‘zi boshqarish tashkilotlariga majburiy a'zolikni belgilagan holda o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmini rivojlantirish orqali tartibga solinadi.

    Ya'ni, bunda baholash tashkilotlarini vakolatli organ tomonidan reestrga kiritish hamda buni faoliyatni amalga oshirishning zaruriy sharti qilib belgilash nazarda tutilmagan.

    Qolaversa, bunday talablar amaliyotga eski tartibning yana qaytishiga, korrupsiya va sansalorlik, ortiqcha byurokratik to‘siqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. 

    Shu bois hamda yuqoridagi talablar amaldagi qonunchilik normalariga zid bo‘lganligi sababli, ushbu normalarni va loyihaning bu kabi boshqa normalarini loyihadan chiqarib tashlash lozim.

    Shuningdek, loyihada baholash tashkilotlari reestrini u a'zo bo‘lgan jamoat tashkilotlari tomonidan yuritilishini, bu ma'lumotlarning esa BFYaAP dasturiy kompleksida joylashtirilishini nazarda tutish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    4. Loyiha 3-moddasi o‘n oltinchi xatboshiga ko‘ra, “baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlari – jismoniy va/yoki yuridik shaxslar tomonidan baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, o‘z a'zolarining faoliyatini ushbu Qonun, baholash standartlari, baholovchining professional ahloq kodeksi talablariga rioya etilishi borasida nazorat qilish uchun ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, faoliyatining asosiy maqsadi sifatida daromad (foyda) olishni ko‘zlamaydigan hamda olingan daromad (foyda)ni ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlamaydigan, vakolatli organda akkreditasiyadan o‘tgan nodavlat notijorat o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilotlar”, - deb belgilangan.

    “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun 2-moddasiga ko‘ra, “Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a'zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir”.

    Mazkur norma, shuningdek amaldagi qonunchilik normalarida nodavlat notijorat tashkilotining vakolatli davlat organida akkreditasiyadan o‘tishi belgilanmagan.

    Yuqoridagi norma amaldagi qonunchilik talablariga zid bo‘lganligi bois, undagi “vakolatli organda akkreditasiyadan o‘tgan” so‘zlarini, loyiha 12-moddasi to‘qqizinchi xatboshini, 13-modda ikkinchi qismidagi “vakolatli organ belgilagan tartibda akkreditasiya qilingan” jumlasini hamda 14-modda 2-qismi to‘qqizinchi xatboshisini chiqarib tashlash lozim.

    5. Loyiha 3-moddasi o‘n yettinchi xatboshiga ko‘ra, “baholovchi faoliyatni tartibga soluvchi vakolatli organ (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan baholash faoliyatini tartibga solish vakolati berilgan organ”, - deb belgilangan.

    Bunda, baholash faoliyati sohasidagi vakolatli organ Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan.

    Mazkur qonun ushbu sohadagi asosiy normativ-huquqiy hujjat bo‘lganligi bois, baholash faoliyati sohasidagi vakolatli organni mazkur Qonunning o‘zida ko‘rsatish maqsadga muvofiq.

    6. Loyiha 5-moddasi birinchi qismida keltirilgan mustaqillik prinsipiga ko‘ra, “Baholovchi tarafkashlikdan xoli bo‘lishi, o‘zining nomiga dog‘ tushiradigan omillarga yo‘l qo‘ymasligi lozim”, - deb belgilangan.

    Biroq, mazkur normada “o‘zining nomiga dog‘ tushiradigan omillarga yo‘l qo‘ymasligi lozim” deganda, aynan qanday harakat yoki harakatsizlik nazarda tutilishi aniqlashtirilmagan.

    Bu esa, amaliyotda har qanday holatlarni “o‘zining nomiga dog‘ tushiradigan omillar” deb baholanishiga va natijada ushbu prinsipning buzilgan deb topilishiga olib kelishi mumkin.

    Shu bois, yuqoridagi normadan “o‘zining nomiga dog‘ tushiradigan omillarga yo‘l qo‘ymasligi lozim” so‘zlarini chiqarib tashlash zarur.

    7. Loyiha 7-moddasida keltirilgan professional layoqatlilik prinsipiga ko‘ra, “Baholovchi ushbu Qonun talablariga rioya qilishi, munosib professional layoqatlilik darajasiga ega bo‘lishi hamda kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarini baholovchi tashkilot tarkibida baholash xizmatlarini sifatli ko‘rsatish uchun yetarli darajada saqlab turishi lozim”, - deb belgilangan.

    Ammo, ushbu normada professional layoqatlilik tushunchasi ochib berilmagan.

    Bundan tashqari, undagi “kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarini baholovchi tashkilot tarkibida baholash xizmatlarini sifatli ko‘rsatish uchun yetarli darajada saqlab turishi lozim”, degan norma tushunarsiz hamda amaliyotda bilim va ko‘nikmani yetarli darajada saqlab turish mexanizmi ham mavjud emas.

    Mazkur norma amaliyotda turli noaniqliklar va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini inobatga olgan holda, uni quyidagi tahrirda bayon etish tavsiya etiladi:

    “Baholovchi ushbu Qonun talablariga rioya qilishi, munosib professional layoqatlilik darajasiga ega bo‘lishi lozim hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirib borishi kerak”.

    8. Loyiha 8-moddasida keltirilgan maxfiylik prinsipiga ko‘ra, “Baholovchilar hamda baholovchi tashkilotlar xodimlari baholash xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida o‘zlariga ma'lum bo‘lib qolgan ma'lumotlarni  ushbu baholash xizmatlari ko‘rsatilgan shaxslarning yozma roziligisiz oshkor qilishga va boshqa shaxslarga berishga haqli emas”, - deb belgilangan.

    Biroq, bunda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar inobatga olinmagan.

    Misol uchun, baholovchilar o‘z faoliyati davomida jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida xabardor bo‘lib qolgan hollarda bu haqda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishlari lozim.

    Amaliyotda qonunchilik normalari o‘rtasida qarama-qarshiliklar kelib chiqmasligining oldini olish maqsadida, norma oxiriga “qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” so‘zlarini kiritish taklif etiladi.

    9. Loyiha 12-moddasi o‘n ikkinchi xatboshiga ko‘ra, vakolatli organ “baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlarini nodavlat notijorat o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilotlar davlat reestridan chiqarish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi”, - deb belgilangan.

    Ammo, loyihada nodavlat notijorat o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilotlar davlat reestri va uni kim tomonidan yuritilishi bilan bog‘liq normalar keltirilmagan.

    Bu esa, amaliyotda noaniqliklarga olib kelishi mumkin.

    Shu sababli, yuqoridagi masalalarni qayta ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.

    10. Loyiha 15-moddasi 2-qismi o‘n to‘rtinchi xatboshiga ko‘ra, professional jamoat tashkilotlari “baholovchilar malakasini oshirish tizimi monitoringini ta'minlaydi hamda yil yakunlari bo‘yicha 10 yanvargacha vakolatli organga baholovchilarning o‘quv markazlarida malaka oshirish kurslaridan o‘tgani haqida axborot taqdim etadi”, - deb belgilangan.

    Ushbu Xulosa 2-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, mazkur xatboshini chiqarib tashlash lozim.

    11. Loyiha 22-moddasi 3-qismiga ko‘ra, malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun talabgor boshqa hujjatlar bilan birga 20 tadan kam bo‘lmagan miqdorda o‘zi bajargan (mustaqil yoki baholovchilar guruhi tarkibida) baholash haqidagi hisobotlar ro‘yxatini taqdim etib, baholash faoliyatini amalga oshirganini tasdiqlashi lozim.

    Ammo, bu talab ortiqcha ko‘rinadi hamda amaliyotda byurokratik to‘siqlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Vaholangki, malaka sertifikati muddatini uzaytirishda talabgorning bilim va ko‘nikmalari tekshirilishi, shunga asosan sertifikat muddatini uzaytirish yoki uzaytirmaslik masalasi hal etilishi mumkin.

    Shu bois, loyiha 22-moddasidan 3-qismni chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    12. Loyiha 24-moddasi 3-qismiga ko‘ra, “Malaka imtihoniga qo‘yilishi rad etilgan talabgor malaka imtihoniga qo‘yilishini rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyingina qayta ariza bilan murojaat qilishi mumkin, kamchiliklarni bartaraf etishga talabgorga o‘n besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muxlat beriladi”, - deb belgilangan.

    Mazkur normadagi “o‘n besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muxlat” tushunchasi amaliyotda turlicha talqin qilinishi va oqibatda o‘n besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan har qanday muddatning (misol uchun, besh yoki uch ish kuni) belgilanishiga, natijada talabgor manfaatlariga putur yetkazilishiga olib kelishi mumkin.

    Shu sababli, normadagi “o‘n besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muxlat” so‘zlarini “o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muxlat” so‘zlariga o‘zgartirish tavsiya etiladi.

    13. Loyiha 26-moddasi 1-qismi beshinchi xatboshiga ko‘ra, “malaka sertifikati berilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida baholash ob'ektlarini baholashda ishtirok etmaslik” qonun hujjatlari talablarini bir marta qo‘pol ravishda buzish deb topilishi va malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos bo‘lishi belgilangan.

    Biroq, bu yuridik nuqta'i nazardan to‘g‘ri hisoblanmaydi.

    Vaholangki, baholovchi turli sabablarga ko‘ra, baholash ob'ektlarini baholashda ishtirok etmasligi mumkin.

    Shu bois hamda bunday talab malaka sertifikatining amal qilishiga hech qanday ta'sir etmasligi sababli, yuqoridagi xatboshini chiqarib tashlash lozim.

    14. Loyiha 26-moddasi 4-qismiga ko‘ra, “Qonun hujjatlarini buzganlik uchun malaka sertifikatlari bekor qilingan yoki amal qilishi tugatilgan baholovchilar, malaka sertifikatlari bekor qilingan yoxud amal qilishi tugatilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini takroran olish uchun imtihonga qo‘yilmaydi”, - deb belgilangan.

    Biroq, bu bitta huquqbuzarlik uchun ikki karra javobgarlikni nazarda tutadi.

    Ushbu normaning belgilanishi asossiz. Bundan tashqari, shaxs faqat jinoiy javobgarlikka tortilganda ma'lum faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etiladi.

    Shu bois, loyihadan yuqoridagi normani chiqarib tashlash lozim.

    15. Loyiha 26-moddasi 5-qismiga ko‘ra, “Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki bekor qilish vakolatli organning qarori bo‘yicha amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.

    Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6044-sonli Farmoni 10-bandiga ko‘ra, vakolatli organlar tashabbusi bilan lisenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

    Shu bois, yuqoridagi normada malaka sertifikatini tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshirilishini belgilash lozim.

    16. Loyiha 27-moddasi 3-qismi 4-6-xatboshilariga ko‘ra, baholovchi tashkilot o‘z faoliyatida quyidagi majburiy shartlarga rioya qilishi lozimligi belgilangan:

    “baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi va uning miqdori:

    ko‘char mulkni baholash uchun, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk ob'ektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan mustasno va shtatida kamida bitta baholovchi bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravariga tengligi;

    ko‘chmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxona bundan mustasno, va shtatida kamida ikkita baholovchi bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravariga tengligi;

    biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxona, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlar) baholash uchun, va shtatida kamida uchta baholovchi bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravariga tengligi”.

    “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning amaldagi tahririda bunday talablar keltirilmagan.

    Mazkur qo‘shimchaning kiritilishi esa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 iyundagi “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3764-sonli Qarori 5-bandi bilan asoslantirilgan.

    Unga ko‘ra esa, baholovchi tashkilotning javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasi to‘lovini amalga oshirishi yuzasidan majburiyati bo‘yicha sug‘urta puli:

    ko‘char mulkni baholash uchun, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk ob'ektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining 2 000 baravaridan;

    ko‘chmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxona bundan mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan;

    biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.

    Ko‘rinadiki, bunda shtatdagi baholovchilar soni haqidagi talab belgilanmagan.

    Amaliyotda turli noaniqlik va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida, yuqoridagi normalarni mazkur Qaror talablariga muvofiqlashtirish lozim.

    17. Loyiha 29-moddasi 1-qismi 12-14-xatboshilariga ko‘ra, baholovchi tashkilot majburiyatlari sifatida quyidagilar keltirilgan:

    “o‘zining pochta va elektron manzili o‘zgargani, baholovchi tashkilot rahbari almashingani va (yoki) baholovchilarning tarkibi o‘zgargani haqida besh kun muddatda vakolatli organni  elektron shaklda yoki BFYaAP dasturiy majmuasi orqali xabardor qilishi;

    baholash faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarning ishonchliligi va dolzarbligini ta'minlash hamda ularni vakolatli organga vakolatli organ tomonidan belgilangan shaklda, yil yakunlari bo‘yicha – 20 yanvargacha elektron shaklda yoki  BFYaAP dasturiy majmuasi orqali taqdim etishi;

    vakolatli organ tomonidan o‘rnatilgan shakldagi baholash haqidagi hisobotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni hamda ekspert xulosalarini BFYaAPga joylashtirishi”.

    Bundan ko‘rinadiki, baholovchi tashkilotning vakolatli davlat organi oldidagi hisobdorligi, ularni boshqarib va nazorat qilib borish vakolatli organ tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

    Mazkur Xulosa 1-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, yuqoridagi normalarni qayta ko‘rib chiqish hamda baholash tashkilotlarning o‘zini-o‘zi boshqarish jamoat tashkilotlari tomonidan boshqarilishini nazarda tutish maqsadga muvofiqdir.

    18. Loyiha 48-moddasi 3-qismiga ko‘ra, “Baholovchi tashkilotni ushbu moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda baholovchi tashkilotlar reestridan chiqarish sud qarori asosida, boshqa hollarda – vakolatli organ qarori asosida amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.

    Bunda, baholovchi tashkilotlarni reestrdan chiqarish vakolatli organning qarori asosida amalga oshirilishi belgilangan.

    Avvalo, qayd etish lozimki, ushbu Xulosaning 3-bandida amaldagi qonunchilik talablarini inobatga olgan holda, baholovchi tashkilotlar reestrini professional jamoat tashkilotlari tomonidan yuritilishi taklif etildi.

    Ushbu reestr mazmunan ruxsat berish tartib-taomilini nazarda tutganligi bois, mazkur Xulosaning 15-bandida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6044-sonli Farmoni 10-bandiga ko‘ra, baholovchi tashkilotlarni reestrdan chiqarish faqat sud tartibida amalga oshirilishini belgilash lozim.

    Shu bois, loyiha 48-moddasi 3-qismi, 51-moddasi 5-qismi to‘rtinchi xatboshini qayta ko‘rib chiqish zarur.

    19. Loyiha 53-moddasi 1-qismiga ko‘ra:

    “Baholovchi tashkilotlar ishining sifatini tashqi nazorat qilish davriyligi xavf guruhiga qarab:

    yuqori xavf guruhi uchun – har yili kamida bir marta;

    o‘rtacha xavf guruhi uchun – har ikki yilda kamida bir marta;

    past xavf guruhi uchun – har uch yilda kamida bir martani tashkil qiladi”.

    Mazkur muddatlarning belgilanishi mazmunan rejali tekshirishlarni nazarda tutadi.

    Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub'ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-sonli Farmonining 4-bandiga ko‘ra, 2018 yil 1-sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar bekor qilingan.

    Shu bois, loyihaning 53-moddasi 1-qismini chiqarib tashlash lozim.

    SSP Matbuot xizmati

    05.11.2020

    14:29

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06