Kichik va o‘rta biznesni himoya qilishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan “Kichik va o‘rta biznesni ximoya qilishning ilg‘or xorijiy tajribasi” mavzusidagi Davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Davra suhbatini tashkil etishdan asosiy maqsad - kichik va o‘rta biznesni ximoya qilishning rivojlangan demokratik davlatlardagi umumiylik hamda o‘ziga xosliklarni aniqlash va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Davra suxbati 2016 yil 23 avgust kuni soat 10:00-12.00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosining 2-majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari ma’ruza bilan ishtirok etishi qo‘zda tutilmoqda.
04.08.2016
15:33