Savdo-sanoat palatasida Hakamlik sudlari faoliyati va tadbirkorlarni sud orqali himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar va vazifalar muhokama etildi
Joriy yilning 5 noyabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov boshchiligida Palataning hududiy boshqarma boshliqlari, yuridik xizmati xodimlari hamda Hakamlik sudlari rahbarlari ishtirokida tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan videokonferensaloqa shaklida selektor bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Palataning eng muhim vazifalaridan biri unga a'zo bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilishning sifati va ishonchliligini oshirish ekanligi ta'kidlandi.
Tadbir davomida Palata va uning hududiy boshqarmalari huzuridagi Hakamlik sudlari tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlari natijalari muhokama etildi.
Jumladan, joriy yilning 9 oyida Palata va uning hududiy boshqarmalari huzuridagi Hakamlik sudlari tomonidan umumiy qiymati 324,6 mlrd. so‘m va 5,84 mln. AQSh dollariga teng 3 094 ta ish ko‘rilgan.
Shu bilan birga, natijalari qoniqarsiz deb topilgan Hakamlik sudlarining faoliyatini jonlantirish hamda Hakamlik sudlari nufuzini yanada oshirish maqsadida ularning faoliyatini tadbirkorlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish ishlarini doimiy ravishda olib borish borasida aniq vazifalar belilab olindi.
Shuningdek, tadbir davomida tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, Palata va hududiy tuzilmalari tomonidan 2020 yilning 9 oylik yakuni bo‘yicha Palata a'zolari manfaatida jami 59 300 ta holatda umumiy summasi 7 trln. 748 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan miqdorda da'vo arizalari kiritilgan bo‘lib, shundan hozirgi kungacha 80 foiz to‘liq qanoatlantirilgan. Shuningdek, 1 300 ta holatda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga kelgan nizolar sudgacha nizoni hal etish jarayonida hal etilgan.
Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlarinining huquqlarini himoya qilish sohasida Palataning tarkibiy tuzilmalarining e'tibori da'vo arizalar sifatini va qanoatlantirish darajasini yanada oshirsh lozimligiga qaratildi va bu borada tegishli choralar belgilab olindi.
Shu bilan birga, bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish, tadbirkorlarga sifatli va ishonchli yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida xududiy boshqarmalarning yuridik yo‘nalishdagi mas'ul xodimlari ishtirokida faoliyat yuzasidan doimiy ravishda seminarlar tashkil etish to‘g‘risida vazifalar belgilab olindi.
11.11.2020
10:18