O‘zbekiston-Eron palatalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov Eron Savdo, sanoat konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi prezidenti Gulamxuseyn Shafi bilan videokonferentsaloqa formatida uchrashuv o‘tqazdi.
Shuningdek mazkur uchrashuvda O‘zbekistonning Eron Islom Respublikasidagi Favqulotda va muhtor elchisi Bahodir Abdullayev hamda Eronning O‘zbekistondagi Favqulotda va muhtor elchisi Xamid Nayerabadi ishtirok etdi.
Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov o‘z nutqi bilan ishtirok etib, O‘zbekiston va Eron mamlakatlari azaliy hamkor mamlakatlar ekanligini, hozirgi kunda ikki tomonlama hamkorlik yanada rivojlanayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, ta'kidlash joizki Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramovning Tehronda bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Xukumatlararo qo‘shma komissiyasining 12 - yig‘ilishi doirasidagi tashrifi davomida janob Xoseyn Selaxvarzi bilan hamkorlikda ikki mamlakat palatalari o‘rtasida Hamkorlik bo‘yicha ishbilarmonlik qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi.
Shu bilan birga ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari rahbarlari O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi mustahkam salohiyatni hisobga olgan holda, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish, zargarlik va boshqa sohalarda hamkorlikni ko‘chaytirish masalalarida o‘zaro fikr almashdilar.
Tadbir davomida Eron Savdo, sanoat konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi prezidenti Gulamxuseyn Shafi O‘zbekiston va Eron davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik o‘tgan yillar mobaynida shiddat bilan rivojlangani va bu ko‘rsatkichlar yanada oshib borayotganini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mahsulot ayriboshlash hajmini o‘tgan yillarga nisbatan yanada oshirish ustovor vazifalardan biri ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov hamda Eron Savdo, sanoat konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi prezidenti Gulamxuseyn Shafi tomonidan O‘zbekiston-Eron Ishbilarmonlik qo‘mitasi tashkil etishga doir kelishuv imzolandi.
Ma'lumot uchun: 2019 yilda savdo aylanmasi - 424,2 mln.doll., shundan eksport - 219,6 mln.doll., import - 204,6 mln.doll. O‘zbekistonda Eron investisiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 1,5 barobar ko‘payib 268 tani tashkil etdi
17.11.2020
18:14