“O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar muhofazasi, yetishtirish, qayta ishlash va sohaning eksport salohiyatini oshirishdagi dolzarb masalalar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
Joriy yilning 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Fanlar akademiyasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar muhofazasi, yetishtirish, qayta ishlash va sohaning eksport salohiyatini oshirishdagi dolzarb masalalar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Mazkur konferensiyada aynan sohani rivojlantirishda ta'lim-fan-ishlab chiqarishni integratsiyalashuvi masalalari ko‘rib chiqildi. Hamda kelgusida qilinadigan vazifalar to‘g‘risida muhokama o‘tkazildi va takliflar tinglandi.Konferensiya materiallarida 110 dan ortiq ilmiy va amaliy maqolalar o‘z aksini topib, ularda sohaning eng dolzarb masalalari ko‘tarilgan.
Ushbu konferensiyada O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Dorivor va ziravor o‘simliqlar yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi tomonidan “Dorivor o‘simliklar xom ashyosi va undan ishlangan mahsulotlarga bo‘lgan ichki va tashqi bozor talabi, sohaning eksport salohiyatini oshirish borasidagi vazifalar” yuzasidan ma'lumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Dorivor va ziravor o‘simliklarni yetishtiruvchi va tayyorlovchi mutaxassislar uchun qo'llanma” yaratildi.
07.12.2020
15:35