“Yosh hunarmandlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda joriy yil noyabr oyida onlayn o‘tkazilgan “Yosh hunarmandlar” ko‘rik-tanlovining saralash bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan yosh hunarmandlar ishtirok etishdi va turli hududlardan eng yaxshi 42 nafar ishtirokchi respublika bosqichiga yo‘l oldi.
Yakuniy bosqichda har bir hududdan 1 nafardan, jami 14 nafar eng yaxshi hunarmandlar 4 ta nominasiya bo‘yicha g‘olib deb topildi hamda
2020-yil 4-5 dekabr kunlari video anjuman shaklida o‘tkazilgan Jahon hunarmandlar kengashining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi 38-Bosh assambleyasi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
6-dekabr sanasida esa g‘oliblar sertifikat, esdalik sovg‘alari va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
10.12.2020
16:07