Tashakkurnoma
Savdo-sanoat palatsining asosiy vazifa va maqsadlaridan biri, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi. Ushbu sharafli vazifani ado etishda Savdo-sanoat palatasi hodimlari sitqidildan mehnat vazifalarini o‘tab kelishmoqda. Afsuski, hozirgi kunda tadbirkorlarimizning erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilayotganlar kam emas, hattoki tegishli davlat idoralari hamda tadbirkorlar o‘rtasida ham turli hil nizolar kelib chiqayotgani ma'lum. Hususan, joriy yilning dekabr oyida Savdo-sanoat palatasi tomonidan "Karimbobo" SIChF manfaatida iqtisodiy sudga da'vo arizasi kiritildi hamda iqtisodiy sud qaroriga ko‘ra kiritilgan da'vo arizasi qanoatlantirildi.
"Karimbobo" SIChF tomonidan Savdo-sanoat palatsiga tashakkurnoma yo‘llandi.
Agarda sizning ham tadbirkorlik faoliyatingizda shu va shu kabi nizolar yuzaga kelsa, Savdo-sanoat palatasining 78 150-60-06 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
14.12.2020
11:41