Xiva shahrida o‘quv-seminar tashkil etildi
18-dekabr kuni Xiva shahar davlat xizmatlari markazining faollar zalida 35 nafar “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish hamda kasb-hunar o‘rganishga o‘qish istagini bildirgan yoshlar va xotin-qizlar ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O'quv-seminarida Savdo-sanoat palatasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4862-sonli Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati yoritib berildi.
Shuningdek, “Biznes boshlash uchun yetti qadam” mavzusida motivatsion prezentatsiya taqdimot qilindi. Shu bilan birga, Respublika ATB Mikrokredit bank boshqarma boshlig‘i tomonidan Biznes-reja ishlab chiqish va kredit olish hamda rasmiylashtirish bilan bog‘liq to‘liq ma'lumot berildi. Tadbirkorlik faoliyati yuzasidan buxgalteriya hisobi, soliq va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha ham batafsil tushunchalar berildi.
21.12.2020
09:03