Oʼquv seminarlari davom etmoqda
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Аholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4862-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning yanvarь oyidan boshlab hududlarda yoshlar tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlash va ularni kasb-hunarga oʼqitishning yangi tizimi etildi.
Shu maqsadda, joriy yilning 7 yanvar kuni “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida Samarqand qurilish kolleji hamda Samarqand shahridagi ishsizlarni kasb-hunarga oʼqitish markazi (KOIKА) binosida tikuvchilik, kompьyuter savodxonligi, sartaroshlik yoʼnalishlarida shuningdek, Samarqand transport kolleji binosida santexnik va payvandlovchi mutaxassisligi, "Аziz Аkabaev Karvin" NTM binosida oshpazlik yoʼnalishlari boʼyicha oʼquv kurslari tashkil etildi.
Oʼquv jarayonlarida yuqori tajribaga ega pedagoglar, amaliyot oʼqituvchilari, hunarmandlar va ishlab chiqarish korxonalarning proffessional mutaxassislari jalb etildi.
08.01.2021
12:36