“Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tashabbusi bilan tashkil etilayotgan oʼquv mashgʼulotlari Respublikaning barcha viloyatlarida tashkil etilmoqda
Xabaringiz bor, “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tashabbusi doirasida joriy yilning yanvarь oyidan boshlab ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitish belgilangan edi.
Ushbu tamoyil asosida, 6 yanvar kuni Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi Guliston Qurilish kasb-hunar kolleji binosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlik asoslariga oʼqitish boʼyicha 6 kunlik oʼquv-seminarlarining ilk kuni oʼtkazildi.
Oʼquv-kurslarida Savdo-sanoat palatasining malakali xodimlari hamda palata qoshida tashkil etilgan “GULISTON BIZNES-MAKTABI” NTM ning malakali oʼqituvchilari tomonidan tinglovchilarga darslar oʼtildi. 6 kunlikka moʼljallangan oʼquv kurslarini tamomlagan yoshlarga sertifikatlar beriladi va Mikrokredit bankidan imtiyozli kredit olish imkoniga ega boʼladilar.
08.01.2021
12:46