Toshkent shahrida "Yoshlar: 1+1" dasturi doirasidagi oʼquv kurslariga start berildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoev tomonidan joriy yil 25 dekabr kuni oʼtkazilgan “Oʼzbekiston yoshlari forumi”da yoshlarda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish, shu orqali ularni tadbirkorlikka jalb etish va bandligini taʼminlash boʼyicha “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusi asosida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida hududlarda ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitishni tashkil etish maqsadida, joriy yilning 8 yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani “Ishga marhamat” monomarkazi va Olmazor tumani Sanoat kasb-xunar kolleji binolarida oʼquv kurslariga start berildi.
Mazkur kurslar 6 kun mobaynida 48 soatlik yoshlarda tadbirkorlikni tashkil etish, turmush darajasini yaxshilashga intilish va manfaatdorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan motivatsion darslarni oʼz ichiga qamrab oladi.
09.01.2021
14:17