Tadbirkorning qonuniy manfaatlari himoya qilindi
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasiga uning aʼzosi «Olmaliq Isuzu Trans» MChJ murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam soʼragan.
Palata aʼzosining murojaati oʼrganib chiqilganda, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tadbirkorga nisbatan QQS boʼyicha 189 mln. soʼm miqdorida imtiyoz qoʼllanmaganligi aniqlangan.
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasining Toshkent shahar boshqarmasining tadbirkorga nisbatan QQS boʼyicha imtiyoz qoʼllamaganlik xatti-harakatini noqonuniy deb topish yuzasidan Savdo-sanoat palatasi tomonidan «Olmaliq Isuzu Trans» MChJ manfaatida Davlat bojxona qoʼmitasining Toshkent shahar boshqarmasiga Chilonzor tuman maʼmuriy sudiga daʼvo ariza bilan murojaat qilingan.
Chilonzor tumanlararo maʼmuriy sudining hal qiluv qarori bilan SSPning daʼvo arizasi qanoatlantirilgan va, shu tariqa, Palata aʼzosining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi.
SSP Аxborot-xizmati
13.01.2021
12:21