"Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor", oʼquv kurslari davom etmoqda
“Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida hududlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish hamda bandligini taʼminlash boʼyicha Savdo-sanoat palatasi, yoshlar ishlari agentligi hamda Bandlik boshqarmasi, Navoiy davlat konchilik va Navoiy davlat pedagogika institutlari bilan hamkorlikda 6 kunga moʼljallangan 48 soatlik oʼquv kurslari tashkil etilib, joriy yilning 7-14 yanvar kunlari Navoiy shahri hamda Xatirchi tumani hududida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, ularga biznes va uni boshlashning dastlabki bosqichlari toʼgʼrisida bilim berish maqsadida 6 kunlik oʼquv kursi oʼtkazildi.
Jalb etilgan tinglovchilar 6 kunlik oʼquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagach maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishi belgilangan boʼlib, Navoiy shahridan 20 nafar va Xatirchi tumanidan 28 nafar tinlovchilar oʼquv kursini muvaffaqiyatli tamomladilar va Savdo-sanoat palatasining maxsus sertifikatiga ega boʼldilar.Oʼquv kurslari hududlar kesimida davom etadi.
16.01.2021
14:31