“Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusini amalga oshirish boʼyicha Toshkent viloyatining Yangiyo'l shaxar va Yangiyo'l tuman homikliklarida tuman mutassadilari ishtirokida uchrashuv boʼlib o'tdi
Oldin xabar berganimizdek, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusini amalga oshirish, uning mazmun va mohiyatini tadbirkorlar va yoshlar oʼrtasida keng targʼib qilish boʼyicha ishlarni tashkillashtirish yuzasidan joylarda mutassadi idoralar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʼtkazilmoqda.
Shu kabi, uchrashuvlar 20 yanvar kuni Toshkent viloyatining Yangiyul shaxar va Yangiyul tumanida ham boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisining birinchi oʼrinbosari I.Jasimov, hokimlarning birinchi oʼrinbosarlari, yoshlar siyosati boʼyicha oʼrinbosarlari, Bandlik boʼlinmalari, Yoshlar ishlari agentligi, Soliq inspektsiyasi, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi tuman boʼlimlari rahbarlari hamda SSPning Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi boshligʼi U.Аkbarov hamda tuman Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi masʼul hodimlari ishtirok etishdi.
Yigʼilish davomida davlat – xususiy sherikchilik tamoyiliga asoslangan holda “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusini amalga oshirish, shu tariqa ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish va bandligini taʼminlash boʼyicha ishchi guruxlar ishini tashkil etish masalalar muhokama qilindi.
Yigʼilishda tashabbus doirasida har bir masʼul tashkilotlar tomonidan qilinishi lozim boʼlgan ishlar belgilab olindi va ular oldiga aniq vazifalar qo'yildi.
Tadbir soʼngida, “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusi doirasida ishsiz yoshlarni ishga olish hoxishini bildirgan tadbirkorlik subʼektlarini bilan ham uchsharuv boʼlib oʼtdi.
Hususan, Yangiyul shaxarida koʼp qavatli uy-joy, mexmonxona va yoshlar markazini qurish ishlarini olib borayotgan “ZENG FANG Investment” MChJ shaklidagi Oʼzbekiston – Xitoy qoʼshma korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Hozirda korxonada 60 ta fuqaro ish bilan taʼminlangan boʼlib, toʼliq hajmda ishga tushgandan soʼng qoʼshimcha ravishda 20 ta yagni ish oʼrni yaratish va yoshlarning bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.
SSP tomonidan bu boradagi ishlari davom etmoqda.
21.01.2021
13:42