Oʼzbekistonda qishloq xoʼjaligi sohasida Oʼzbek-Ukrain qoʼshma korxonalarini yaratish boʼyicha onlayn seminar
Bugun, 2021 yil 21-yanvar kuni Savdo-sanoat palatasida Oʼzbekistonda qishloq xoʼjaligi O'zbek-Ukrain sohasida qoʼshma korxonalarini yaratish boʼyicha onlayn seminar boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Ukraina Savdo-sanoat palatasi Prezidenti G. Chijikov, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А. Ikromov, Ukrainaning Oʼzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi N. Doroshenko va Oʼzbekistonning Ukrainadagi Favqulodda va muxtor elchisi А.Kurmanov, shuningdek masʼul vazirliklar va idoralar vakillari ishtirok etishdi.
Seminar davomida Ukraina Savdo-sanoat palatasi prezidenti G. Chijikov oʼznutqi bilan chiqib, Oʼzbekiston va Ukraina oʼzaro yaxshi hamkorlik qilayotganini taʼkidladi. «Ikkala mamlakat ham dinamik ravishda oʼzgarib bormoqda, shu jumladan iqtisodiyot tizimi ham; katta hajmdagi yangi korxonalar, yangi manfaatlar paydo boʼlmoqda va asosiy vazifa sohalarga eʼtiborni jalb qilish va mamlakatlar oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarni yanada mustahkamlashdir », - dedi Gennadiy Chijikov.
Shu oʼrinda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikromov mintaqaviy va xalqaro muammolar boʼyicha ikki mamlakat pozitsiyalarining yaqinligi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun asos boʼlib xizmat qilayotganini taʼkidladi. Shuningdek, Oʼzbekiston va Ukraina oʼzaro savdo-sotiqni kengaytirish va diversifikatsiya qilish va yaqin kelajakda uning hajmi yiliga 1 milliard dollarga oʼsishini taʼminlash boʼyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni faollashtirish niyatidalar.
Shu bilan birga, tadbirda agrosanoat sohasidagi masʼul vazirlik va idoralar vakillari tomonidan taqdimotlar oʼtkazildi, dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilar, bildirilgan takliflar Oʼzbekiston va Ukrainaning ishbilarmon doiralari oʼrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga katta hissa qoʼshishiga, shuningdek qoʼshma loyihalarni amalga oshirishni yanada rivojlantirishga hissa qoʼshishiga ishonch bildirdi.
21.01.2021
17:35