Oʼzbekiston-Saudiya Аrabistoni ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Joriy yilning 23 yanvar kuni Buxoro shahriga Saudiya Аrabistoni Podshohligi delegatsiyasining Oʼzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Oʼzbekiston-Saudiya Аrabistoni investietsiya forumi va Oʼzbekiston-Saudiya Аrabistoni ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Mazkur tadbirda Saudiya Аrabistoni Investitsiyalar vaziri Holid Аl-Falih, Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi Savdo vaziri S.Umurzakov, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov hamda 200 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.
Forum davomida Tadbirkorlar tomonidan oʼz mahsulotlari hamda investitsiya salohiyatlari taqdimoti oʼtqazildi. Shuningdek tadbir davomida Saudiya arabistoni Investitsiyalar vaziri Holid Аl-Falih bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida mehmonlarga Oʼzbekistonning investitsiyaviy salohiyati mujassam boʼlgan videoroliklar hamda bir qator taqdimotlar namoyish etildi.
24.01.2021
11:57