SSP Raisi А.Ikramov va Nasser Аlь Xakbani oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi
Joriy yilning 25 yanvar kuni Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov Saudiya Аrabistoni delegatsiyasi vakili «Dr. Sulaiman Al Habib Medical Services Group» kompaniyasi ijrochi direktori Nasser Аl Xakbani bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Nasser Аl Xakbani Oʼzbekistonda yuqori saviyada tashkil etilgan investitsiya forumi hamda “B2B” uchrashuvlari uchun oʼz minnatdorchiligini bildiridi. Shuningdek u Oʼzbekistonlik tadbirkorlar bilan tibbiyot va aholi salomatligini saqlash sohasida mustahkam hamkorlik qilishga tayyor ekanligini taʼkidlab oʼtdi.
Shu bilan birga Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov Oʼzbekistonda sogʼliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, sohaning istiqbolli yoʼnalishlari hamda tibbiyot sohasida hususiy sektorning ahamiyati toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berdi.
Maʼlumot uchun: «Dr. Sulaiman Al Habib Medical Services Group» kompaniyasi 1995 yilda tashkil etilgan boʼlib, hozirgi kunda kompaniyaning 20 ta filiali mavjud. Shuningdek kompaniya tomonidan 472 boʼlinma tashkil etilgan boʼlib, 11000 dan ortiq ish oʼrni yaratilgan.
26.01.2021
09:42