Oʼzbekiston Xalq tabobati akademiyasi
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi “Dorivor va ziravor yetishtiruvchilarni qoʼllab-quvatlash” boʼlimi Oʼzbekiston Xalq tabobati akademiyasining raisi Mehri Nuruzova bilan sohani rivojlantirsh boʼyicha suhbat oʼtkazdi.
Oʼzbekiston Xalq tabobati akademiyasi 1996 yil 19 iyunda tashkil topgan boʼlib, akademiyaning asosiy vazifasi respublikamizdagi tabiblarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat. Oʼqishni tugatgan tabiblar guvohnoma va diplomlar bilan taqdirlanishadi. Bu esa tabobat sohasida faoliyat olib borishida imkon yaratib beradi.
Xozirgi vaqtda Xalq tabobati akademiyasi dorivor oʼsimliklar yetishtirish uchun oʼz yer maydoniga ega boʼlib, bu maydonlarda xar xil turdagi dorivor oʼsimliklar yetishtirib va qayta ishlab kelmoqda. Аkademiya xuzuridagi korxona yiliga 4 tonnaga yaqin dorivor oʼsimlik yetishtiradi va uni qayta ishlaydi. Bugungi qunda akademiyada 10 nafar ishchi xodimlar oʼz faoliyatini yuritib kelmoqda.
Joriy yilning yanvarь oyida Xalq Tabobati Аkademiyasi qoshida fito-dorixona oʼz faoliyatini boshladi. Dorixona xalqimiz uchun dorivor oʼsimliklar asosida tayyorlangan shifobaxsh damlama va dori vositalarini sotish yoʼlga qoʼyildi.
Xalq tabobati akademiyasi tadbirkorlar hamda soha mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirmoqda!
26.01.2021
17:35