"Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor" tamoyili asosida "Yoshlar:1+1" dasturi doirasida bir xaftalik oʼquv kurslari boshlandi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 25 dekabr kuni oʼtkazilgan “Oʼzbekiston yoshlar forumi”da yoshlarda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlikka keng jalb qilish va bandligini taʼminlash boʼyicha “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” shiori ostidagi tashabbusi qoʼllab quvatlangan edi.
Ushbu tashabbus doirasida ayni kunlarda hududlarda ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-xunar va tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitish boʼyicha, har bir tadbirkorga bir nafar ishsiz yoshni biriktirish ishlari tashkil etildi.
Savdo-sanoat palatasi binosida "Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor" tamoyili asosida 1+1 dasturi doirasida Mirobod tumani ishsiz va uyushmagan yoshlarini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitish boʼyicha bir xaftalik oʼquv kurslari boshlandi. Mazkur, oʼquv kursi 6 kunlik 48 soatdan iborat boʼlib, unga "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsiz yoshlar jalb qilingan. Yoshlarga biznesga kirish yoʼllari, tadbirkorlikni tashkil etish va uning huquqiy asoslari hamda biznes-rejani qanday ishlab chiqish toʼgʼrisida maʼlumotlar berib boriladi.
Savdo-sanoat palatasi, Mirobod tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tumani boʼlimi, Savdo-sanoat palatasi tuman boʼlimi masʼullari, iqtisodiy kompleks tashkilotlar mutassaddilari tomonidan yoshlarga mahorat darslari ham tashkil etilmoqda.
27.01.2021
16:07