"Invest in Uzbekistan" loyihasining afzalliklari
O'zLiDeP partiyasi S. Verenin'S Legal Group yuridik firmasi bilan hamkorlikda mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratish bo'yicha O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan qo'yilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan "Invest in Uzbekistan" loyihasini yaratdi. Ushbu loyiha doirasida www.invest-in-uzbekistan.org portali hamda uning mobil versiyasi - Tayyor.biz ilovasi yaratildi.
Loyihaning asosiy maqsadi:
• eksportga yo'naltirilgan mahsulotlarning mahalliy brendlarini ishlab chiqarishga ko'maklashish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi o'zbek korxonalarining eksport ta'minotini rag'batlantirish.
• investitsiya shartnomalarini tuzish bilan kichik kapital bozorlarida, ko'rgazma va yarmarkalarda qatnashishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga yordam berish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar ishtirokida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi kapital bozorlariga chiqishni va yangi turdagi mahsulotlarni eksport qilishni ta'minlash.
• xorijiy investorlarning, O'zbekiston Respublikasining tadbirkorlik sub'ektlarining, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta'minlash.
• Xalqaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash, davlat idoralari va O'zbekistonning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida xorijiy kapital ishtirokidagi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish bo'yicha tadbirlarni o'tkazish.
Korxonalarni yanada rivojlantirish va ularning faoliyatini kengaytirish maqsadida "Invest in Uzbekistan" platformasidan foydalangan holda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar bilan quyidagi taqdimotda tanishishingiz mumkin.
Bundan tashqari loyiha ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqilgan tayyor biz mobil ilovasidan foydalanish tartibi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
28.01.2021
09:02