Tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishda zamonaviy bank xizmatlariga bagʼishlangan vebinar boʼlib oʼtdi
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2021 yil 29 yanvar kuni tekstil sanoati korxonalari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalarida tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan zamonaviy moliyalashtirish xizmatlariga bagʼishlangan vebinar tashkil etildi va ushbu tadbirda 60 ga yaqin tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar ishtirok etdi.
Vebinarda tashqi savdoni olib borishda eksport va import operatsiyalarini bank tomonidan moliyalashtirishning zamonaviy uslublari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga taklif etildi.
Bunda import operatsiyalarida xorijiy davlatlardan xarid qilinadigan tovarlar boʼyicha ishonchli xorijiy banklar bilan hamkorlikda tovar xarid qilishni moliyalashtirish va tovarni Oʼzbekistonga yetib kelishini kafolatlashga qaratilgan bank xizmatlari boʼyicha taqdimot oʼtkazildi.
Shuningdek, tekstil korxonalari uchun milliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarga eksport qilishda xaridordan toʼlov mablagʼlarini qisqa muddatda toʼlaqonli tushirishni taʼminlovchi bank xizmatlari toʼgʼrisida ham maʼlumot berildi.
29.01.2021
14:29