• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari oʼtkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 62 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan koʼrib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, “Oʼzbekkino” Milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan filmlar va seriallar tanlovini oʼtkazish hamda ularni moliyalashtirish toʼgʼrisida”gi Qarori (ID-28119) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  oʼtkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyiha 1-ilovasi 3-bandida mazkur ilovada qoʼllanilgan tushunchalarga taʼrif berish nazarda tutilgan.

    Unga koʼra, “kinoloyiha”, “mini-serial loyihasi” va “teleserial loyihasi” tushunchalariga taʼrif berishda, shuningdek bunday loyihalarni tanlov uchun yuborishda ular boʼyicha “bosh rol ijrochilari roʼyxati” tasdiqlangan boʼlishi hamda loyihani ishlab chiqarish bilan bogʼliq boʼlgan “boshqa qoʼshimcha materiallar majmuasi” mavjud boʼlishi belgilangan.

    Biroq, bu kabi talablarni belgilash ortiqcha koʼrinadi. Vaholangki, “bosh rolь ijrochilari roʼyxati” loyihaning tanlovda ishtirok etishi uchun hech bir ahamiyat kasb etmaydi. Zero, tanlovda bosh rolь ijrochilari mahoratiga emas, balki loyihaning oʼziga baho beriladi.

    Qolaversa, buni alohida bir talab qilib belgilanishi amaliyotda turli korruptsiya holatlariga yoʼl ochishi, tanlov ishtirokchisi faoliyatiga aralashish holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.

    Shuningdek, yuqorida keltirilgan “boshqa qoʼshimcha materiallar majmuasi” tushunchasi amaliyotda turlicha talqin qilinishi oqibatida, ishtirokchilardan ortiqcha hujjatlarning talab qilinishiga olib kelishi mumkin.

    Shu bois, loyiha 1-ilovasida loyihalarga qoʼyiladigan talablardan “bosh rolь ijrochilari roʼyxati” va “boshqa qoʼshimcha materiallar majmuasi” talablarini chiqarib tashlash lozim.

    2. Loyiha 1-ilovasi 14-xatboshiga koʼra, “tashabbuskor – davlat koʼmagini olish uchun mini-serial yoki teleserial loyihasini davlat buyurtmachisiga taqdim qiluvchi, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, asosiy faoliyat turi filьmlar va teleseriallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxs”, - deb belgilangan.

    Bunda, davlat koʼmagini olish uchun mini-serial yoki teleserial loyihasini davlat buyurtmachisiga taqdim qilinishi nazarda tutilgan boʼlib, filmlar loyihasi eʼtibordan chetda qoldirilgan.

    Vaholangki, mazkur ilova 1-bandiga koʼra, “Ushbu Nizom “Oʼzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida filmlar va seriallarni ishlab chiqarish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi”.

    Shu sababli, yuqoridagi normani quyidagi tahrirda bayon qilish tavsiya etiladi:

    “tashabbuskor – davlat koʼmagini olish uchun filьm, mini-serial yoki teleserial loyihasini davlat buyurtmachisiga taqdim qiluvchi, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, asosiy faoliyat turi filmlar va teleseriallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxs”.

    3. Loyiha 1-ilovasi 6-7bandlariga koʼra, “Аdabiy stsenariyni tayyorlash yoki sotib olish boʼyicha jismoniy yoki yuridik shaxsni belgilash, adabiy stsenariyni tayyorlash yoki sotib olish muddatlari, toʼlov miqdori va boshqa talablar Badiiy kengash tomonidan belgilanadi.

    Badiiy kengash qarori asosida Davlat buyurtmachisi tomonidan adabiy stsenariyni tayyorlash yoki sotib olish boʼyicha muallif bilan shartnoma imzolanadi”, - deb belgilangan.

    Bunda, adabiy stsenariyni tayyorlash boʼyicha jismoniy yoki yuridik shaxs boʼlgan muallifni tanlash Badiiy kengash tomonidan toʼgʼridan-toʼgʼri amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

    Biroq, adabiy stsenariyni tayyorlash ham loyihada nazarda tutilgan davlat xaridining bir qismi hisoblanadi.

    Shu bois, bu jarayon ham davlat xaridlari tamoyillari (ochiqlik va shaffoflik, tortishuv va xolislik, korruptsiyaga yoʼl qoʼymaslik va b) asosida amalga oshirilishi lozim.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha 1-ilovasida adabiy stsenariyni tayyorlash boʼyicha muallifni tanlash tanlov asosida amalga oshirilishini belgilash zarur.

    4. Loyiha 1-ilovasi 16, 34, 47-bandlarida tanlovda ishtirok etish uchun loyihalar faqat “muhrlangan konvertda” hamda ayrim hujjatlar ham bosma ham elektron shaklda taqdim etilishi nazarda tutilgan.

    Biroq, hozirgi islohotlarga binoan, barcha sohalarni elektronlashtirish amalga oshirilmoqda. Bunda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuboriladigan hujjatlarni elektron tarzda topshirish belgilanmoqda.

    Bundan tashqari, hujjatlarning yoki bosma yoki elektron shakllardan biri tarzida yuborilishi yetarli boʼlib, ularni ikki xil shaklda ham taqdim etilishi talabi ortiqchadir.

    Shu bois, mazkur loyihada ham hujjatlarni elektron shaklda ham yuborilishi mumkinligini, shuningdek, hujjatlarning elektron yoki bosma nusxalaridan biri yuborilishini belgilash lozim.

    5. Loyiha 1-ilovasi 18-bandi 3-xatboshiga koʼra, “Tanlovda birorta ishtirokchi qatnashmagan taqdirda tanlov oʼtkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda Davlat buyurtmachisi tomonidan Badiiy kengash qarori asosida belgilangan yuridik shaxs (kinostudiya) bilan shartnoma imzolanadi va filmni ishlab chiqarish taʼminlanadi”, - deb belgilangan.

    Biroq, bu normaning belgilanishi sohadagi koʼplab davlat xaridlarining toʼgʼridan-toʼgʼri shartnoma tuzish orqali oʼtkazilishiga imkon yaratib, bunga keng yoʼl ochadi.

    Vaholangki, loyihani ishlab chiqishdan asosiy maqsad sohadagi oqilona, xolis raqobatni taʼminlash, ochiqlik va shaffoflik, korruptsiyaga yoʼl qoʼymaslik printsiplarini sohada joriy etish hisoblanadi.

    Yuqoridagi norma esa, mazkur maqsadlarning yoʼqqa chiqarilishiga olib kelishi mumkin.

    Shu bois, loyiha 1-ilovasidan yuqoridagi kabi normalarni (shu jumladan, 26-band 2-xatboshini ham) chiqarib tashlash hamda tanlov oʼtkazilmagan deb topilgan yoxud gʼolib yoki zaxiradagi ishtirokchi tomonidan shartnoma tuzish rad etilgan holatlarda tanlovni qaytadan oʼtkazilishini nazarda tutish lozim.

    6. Loyiha 1-ilovasi 23-bandi 1- va 3-xatboshilariga koʼra, “Tanlov hujjatlarida va kinoloyihada koʼrsatilgan mezonlar asosida eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi gʼolib deb topiladi.

    Gʼolibni aniqlashda ustun tarzda filmni yuqori saviyada va sifatli ishlab chiqarishga eʼtibor qaratiladi”, - deb belgilangan.

    Koʼrinib turganidek, na mazkur normada va na loyiha 1-ilovasining boshqa normalarida loyihalarni tanlab olish mezonlari aniq belgilanmagan.

    Bundan tashqari, yuqoridagi normaga koʼra, tanlov hujjatlarida va kinoloyihada koʼrsatilgan mezonlar asosida eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi gʼolib deb topilishi nazarda tutilgan.

    Bunda, oʼz-oʼzidan savol tugʼiladi: nega kinoloyihada koʼrsatilgan mezonlar asosida eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi gʼolib boʼlishi kerak? Mazkur normada “tanlov hujjatlari” deganda qanday hujjatlar nazarda tutilgan?

    Zero, loyihani tanlab olish mezonlari ishtirokchilar tomonidan topshiriladigan loyihalarda koʼrsatilmaydi. Balki, bunday mezonlar davlat buyurtmachisi tomonidan belgilanadi hamda tanlov oʼtkazilishi haqida eʼlon berilganda bu haqidagi maʼlumotlar ham eʼlon bilan birga joylashtiriladi.

    Shu bois, mazkur masalalarni loyiha 1-ilovasida aniq koʼrsatib oʼtish lozim.

    7. Loyiha 1-ilovasi 30, 44, 58-bandlariga koʼra, kino, mini-serial va teleserial ishlab chiqarish boʼyicha shartnomalar ushbu mahsulotlar “Respublika kinofondi” DUK tomonidan qabul qilib olingandan soʼng bajarilgan deb hisoblanishi hamda toʼlovning oxirgi qismi shundan soʼng toʼlanishi nazarda tutilgan.

    Biroq, loyihaga koʼra, loyihalarning davlat buyurtmachisi vakolatli davlat organi – “Oʼzbekkino” Milliy agentligi hisoblanadi hamda tegishli shartnoma ushbu organ bilan tuziladi.

    “Davlat xaridlari toʼgʼrisida”gi Qonunning 3-moddasiga koʼra, “davlat xaridi — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat buyurtmachilari tomonidan pulli asosda olish”.

    Koʼrinib turganidek, bunda tovarlar, ishlar, xizmatlarning davlat buyurtmachisi tomonidan olinishi belgilangan.

    Shu bois, loyihada tayyorlangan mahsulotlar “Respublika kinofondi” DUK tomonidan qabul qilib olingandan soʼng shartnomalar bajarilgan deb hisoblanishi hamda toʼlovning oxirgi qismi shundan soʼng toʼlanishini nazarda tutish toʼgʼri boʼlmaydi.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, toʼlovlarning oxirgi qismi ham mahsulotlar davlat buyurtmachisi tomonidan qabul qilingach toʼlanishini belgilash lozim.

    SSP Matbuot xizmati

    29.01.2021

    18:25

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06