SSP raisi А.Ikramov Fargʼona viloyatidagi nodavlat taʼlim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Joriy yilning 29 yanvar kuni Fargʼona viloyati hokimligi majlislar zalida SSP raisi viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim muassasa rahbarlari hamda nodavlat taʼlim muassasasi faoliyatini yoʼlga qoʼyish istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Oʼzbekiston Respublikasi markaziy banki raisi oʼrinbosari, Fargʼona viloyati hokimining birinchi oʼrinbosari hamda tashkilotlarning tuman va shahar boʼlinmalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov oʼz nutqi bilan ishtirok etib, yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitishda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berib oʼtdi. Shuningdek SSP raisi tomonidan nodavlat taʼlim muassasalarida tadbirkorlikka oʼqitish yoʼnalishlarini tashkil qilishning bir qator afzalliklari haqida maʼlumot berib, shu borada nodavlat taʼlim muassasalari rahbarlariga hamkorlikda ishlash taklifi ilgari surildi.
Qolaversa bu borada ishlarni samarali tashkil qilishdaSavdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Respublika markaziy banki, Viloyat hokimligi tomonidan doirasidagi qonun qator amaliy yordamlar koʼrsatilishi maʼlum qilindi. Shu bilan birga mazkur tadbirda ishtirok etayotgan nodavlat taʼlim muassasalari tashkil qilish istagida boʼlgan fuqorolarning fikr va takliflari tinglanib, ularga mazkur yoʼnalishda sifatli ishlarni amalga oshirishda mutasaddilar tomonidan maʼlumotlar berildi.
29.01.2021
18:49