Navoiylik yoshlar tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishtirildi.
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan "Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor" tamoyili asosida Qiziltepa tumanida 48 soatlik oʼquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar ishtirokida tumandagi yetakchi, tekstil sohasida tajribaga ega "TOSHRABOD TEXTILE" MChJga biznes sayohat tashkil etildi.
Biznes sayohat davomida yoshlar mazkur muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham sotilayotganligi yoshlarda katta qiziqish uygʼotdi.100 dan ortiq xotin-qizlarni va yoshlarni ish bilan taʼminlagan korxona bugungi kunda oʼz tadbirkorligini boshlash istagida boʼlgan yoshlar uchun haqiqiy tajriba maydoni boʼldi.
Shuningdek uchrashuv davomida yoshlar tomonidan oʼzlarini qiziqtirgan bir qator savollar berilib, tashkilot rahbari va mutasaddi hodimlar tomonidan batafsil javob va maslahatlar berildi.
Eslatib oʼtamiz Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan “Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” umumiy shiori ostida Respublikaning barcha hududlarida 6 kunlik oʼquv kurslari davom etmoqda.
30.01.2021
18:09