SSP raisi Pokiston Islom Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.
Joriy yilning 1 fevral kuni Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining iqtsodiy masalalar boʼyicha maslahatchisi Аbdul Rozoq Dovud boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv oʼtqazdi.
Shuningdek mazkur uchrashuvda Pokiston Savdo vazirining oʼrinbosari Mariya Kazi, Pokiston Islom Respublikasining Oʼzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sayed Аli Аsad Gilani.
Uchrashuv davomida ikki tomon vakillari Oʼzbekiston va Pokiston mamlakatlari oʼrtasida Savdo aloqalarni yanada mustahkamlash, ikki mamlakat tadbirkorlarning oʼzaro aloqa oʼrnatishlari uchun qulay platformalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek tomonlar kelgusida, hamkorlikda biznes-forumlar, “B2B” uchrashuvlarni tashkillashtirish borasida ham muhokamalar oʼtqazishdi.
Uchrashuv yakunida delegatsiya vakillariga Savdo-sanoat palatasi raisi tomonidan esdalik sovgʼalari taqdim etildi.
01.02.2021
13:01