Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Koʼrfaz davlatlar hamkorlik kengashining Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi oʼrtasida hamkorlik masalalariga bagʼishlangan videomuloqoti
Joriy yilning 3 fevral kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Koʼrfaz davlatlar hamkorlik kengashining Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi oʼrtasida hamkorlik masalalariga bagʼishlangan videokonferentsiya shaklida biznes anjumani boʼlib oʼtdi.
Muloqotda, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Koʼrfaz davlatlar hamkorlik kengashining Savdo-sanoat palatalari federatsiyasiga aʼzo mamlakatlar rahbarlari va ularning vakillari ishtirok etdilar.
Maʼlumki, Koʼrfaz davlatlar hamkorlik kengashining aʼzo mamlakatlari Bahrayn, Birlashgan Аrab Аmirliklari, Quvayt, Qatar, Oʼmon va Saudiya Аrabistoni sanaladi.
Jumladan, muloqotda Bahrayn Savdo-sanoat palatasi raisi, Koʼrfaz davlatlar hamkorlik kengashining Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisi Samir Аbdulla Nass, ushbu tashkilotning Bosh kotibi Doktor Saud Аl Mashari, Birlashgan Аrab Аmirliklari palatalari federatsiyasining bosh kotibi Xamid bin Salem hamda Oʼmon, Quvayt va Qatar Savdo-sanoat palatalari maʼsul rahbarlari qatnashdilar.
Tadbirni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Аdxam Ikramov kirish soʼzi bilan ochib, muloqot ishtirokchilarini samimiy qutladi.
Shuningdek, Аdxam Ikramov oʼz soʼzida mintaqa mamlakatlarining jahon va mintaqa iqtisodiyotida muhim oʼringa ega ekanligini, Koʼrfaz davlatlarining nafaqat neftь va gaz sohasida, balki hozirda mintaqa davlatlari tomonidan sanoat tarmoqlarini chuqur diversifikatsiyalashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar eʼtirofga sazovor ekanligini taʼkidlab oʼtdi.
Shu bilan birga Аdxam Ikramov muloqot chogʼida Koʼrfaz davlatlari investorlarini Oʼzbekistondagi istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish, Koʼrfaz davlatlari doira vakillarining Oʼzbekistonga tashrifini tashkil etish, Oʼzbekistonda va Koʼrfaz davlatlarida boʼlib oʼtadigan xalqaro koʼrgazma va yarmarkalarda ishtirok etishga taklif etish, tomonlarning ishbilarmon doiralari oʼrtasida biznes muloqotlarini oʼtkazish kabi hamkorlik takliflarini bildirdi.
Muloqot davomida Koʼrfaz davlatlar hamkorlik kengashining Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisi Samir Аbdulla Nass janoblari tomonidan Koʼrfaz davlatlarini Oʼzbekiston bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish arab mamlakatlarining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini keng yoʼlga qoʼyish borasidagi intilishlariga mos ekanligi, soʼnggi yillarda Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida respublikamizga xorijiy investitsiyalar keng jalb etilayotganligi hamda Oʼzbekiston iqtisodiyoti yuqori surʼatlar bilan rivojlanib borayotganligi qayd etib oʼtildi.
Samir Аbdulla Nass janoblari bugungi global iqtisodiy integratsiya jarayonlarida hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning jadal rivojlanishida Oʼzbekiston iqtisodiyoti Koʼrfaz davlatlari ishbilarmonlarida katta qiziqish uygʼotayotganligini alohida taʼkidladi.
Tadbirda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Koʼrfaz davlatlar hamkorlik kengashining Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi oʼrtasida hamkorlik aloqalarining oʼrnatilishi respublikamiz va arab davlatlari ishbilarmon doiralari uchun oʼzaro biznes aloqalarni yoʼlga qoʼyishda muhim qadam boʼlishiga alohida urgʼu berib oʼtildi.
Videomuloqot davomida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Koʼrfaz davlatlar hamkorlik kengashining Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbir yakunida tomonlar biznes aloqalarini yoʼlga qoʼyish boʼyicha istiqbolli takliflar yuzasidan oʼzaro fikr almashib, imzolangan Memorandum doirasida hamkorlikda olib boriladigan saʼy-harakatlar toʼgʼrisida kelishib oldilar.
03.02.2021
19:42