Misrning yirik savdo kompaniyalari vakillari bilan onlayn uchrashuv boʼlib oʼtdi
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Oʼzbekiston Respublikasining Misrdagi elchixonasi bilan hamkorlikda Misrga va mintaqadagi Аrab davlatlariga milliy mahsulotlarning eksportini oshirish masalalari muhokama qildilar.
Ushbu tadbirda ikki davlat oʼrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlanishiga va yurtimizdan milliy mahsulotlar eksport hajmini kengayishiga xizmat qilishi mumkin boʼlgan takliflar Misrning yetakchi savdo kompaniyalari bilan muhokama etildi.
Misr tomoni respublikamizdan kalava ip, oziq-ovqat mahsulotlari va quyosh panellarini import qilishda qiziqish uygʼotganligini va bu borada Palata bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi.
Tadbir yakunida Tomonlar oʼzaro bildirilgan takliflar boʼyicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
08.02.2021
17:38