Oʼzbekiston va Rossiyaning Vladimir viloyati Savdo-sanoat palatalari oʼrtasida hamkorlik qilish masalalari boʼyicha onlayn muloqot oʼtkazildi
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Rossiyaning Vladimir viloyati Savdo-sanoat palatasi hamkorligida mebel sanoatidagi va sanoat maqsadida suv tozalash uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan Oʼzbekistonda hamkorlik qilish masalalari onlayn muloqot orqali muhokama qilindi.
Ushbu tadbirda oʼzaro hamkorlik qilish boʼyicha Rossiya kompaniyalarining taqdimoti boʼlib oʼtdi.
Jumladan, Rossiyadan sanoat maqsadlarida ayrim turdagi suvni tozalash uskunalari va mebel mahsulotlarini Oʼzbekistonga yetkazib berish masalalarida fikr almashildi.
10.02.2021
19:09