Fargʼona viloyatida hunarmandchilik faoliyati.
Joriy yil 4-5 fevral kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Fargʼona viloyatiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida Davlat rahbari Rishton tumanida qad rostlagan “Hunarmandlar shaharchasi”ga bordi hamda mohir kulollar bilan suhbatda boʼldi.2020 yilning iyun oyida Fargʼona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida ham Prezidentimiz Margʼilon shahridagi “Hunarmandchilik markazi”ga tashrif buyurgan edi.
Bu esa hunarmandchilik faoliyati mamlakatimiz Rahbarining alohida eʼtiborida ekanligini bildiradi. Jumladan, soʼnggi 3 yilda sohani rivojlantirish maqsadida Prezident tomonidan 2 ta Farmon,
3 ta Qaror qabul qilinganligi ham sohaga berilayotgan alohida eʼtibor natijasidir.Ushbu Qaror va Farmonlar asosida hunarmandchilik faoliyati uchun 1.0 trln. soʼmga yaqin imtiyozli kredit mablagʼlari ajratilishi natijasida 175,3 ming nafar ish oʼrni yaratildi.
Fargʼona viloyatidagi hunarmandchilik sohasi uchun oxirgi 3 yilda 134.2 mlrd. soʼm miqodorida ajratilgan imtiyozli kredit evaziga 29.5 ming nafar ish oʼrni yaratildi.Fargʼona viloyatidagi hunarmandchilik faoliyatida esa “Hunarmandchilik markaz”larining oʼrni alohida. Ushbu viloyatning 13 ta tuman (shahar)ida “Hunarmandchilik markaz”lari tashkil etilmoqda.Kelgusidagi asosiy vazifa2021 yilda viloyatdagi 7.4 ming nafar ish bilan band boʼlmagan yoshlarni “Ustoz-shogird” anʼanasi doirasida hunarmandlarga biriktirish orqali bandligini taʼminlash va 5.9 ming nafar yangi ish oʼrinlari yaratishdir.
Fargʼona viloyatida hunarmandchilik sohasini rivojlantirish mavzusiga doir infografika bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
11.02.2021
11:45