“Chamber Business Solutions” unitar korxonasi tomonidan 2021 yil yanvar oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida maʼlumot
2021 yil yanvar oyi davomida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasining 150-60-06 yagona raqami hamda 1094 ishonch telefoni orqali ish vaqti va ish vaqtidan tashqari 1606 ta qoʼngʼiroq qabul qilingan.
Quyida 2021 yil yanvar oyi davomida Savdo-sanoat palatasiga qoʼngʼiroq qilgan murojaatchilar toʼgʼrisida batafsil maʼlumot.
Tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan qoʼngʼiroqlar soni hamda qoʼngʼiroqlar yoʼnalishi - 852
-Turli yoʼnalishlarda yuridik maslahat berish;
-Xat masalasi (ijrochini aniqlash);
-Palataga aʼzolik boʼyicha maslahat olish;
-Pandemiya sababli yuzaga kelgan muammolar boʼyicha maslaxat olish;
-Mahalliy mahsulotlarni eksport qilishga koʼmaklashish boʼyicha maslahat;
-Fors-major xolatlari uchun sertifikat olish;
-Biznesni integrallashgan xolda qoʼllab quvvatlash dasturida ishtirok etish boʼyicha maʼlumot;
-Аʼzolik guvoxnomasi tayyor boʼlganligini aniqlashtirish masalasi bilan murojaat etishgan.
Xorijiy davlatlar tomonidan kelib tushgan qoʼngʼiroqlar soni – 17 va quyidagi masalalarda:
-Xat masalasi (ijrochini aniqlash);
-Oʼzbekiston Respublikasida faoliyat olib boradigan korxonalar bilan oʼzaro xamkorlik qilish boʼyicha mʼlumot olish;
Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining “Tadbirkorlar murojaatlarini koʼrib chiqish boʼyicha virtual qabulxonasi”ga 2021 yilning yanvar oyi davomida kelib tushgan murojaatlar toʼgʼrisida maʼlumot
Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining “Tadbirkorlar murojaatlarini koʼrib chiqish boʼyicha qabulxonasi”ning ishonch raqamlariga 2021 yilning yanvar oyi davomida umumiy hisobda 3 089 ta qoʼngʼiroq kelib tushgan boʼlib, shundan tadbirkorlik faoliyatining turli masalalariga doir 1 345 ta murojaat roʼyxatga olingan. Mazkur murojaatlardan, 1 023 ta murojaat ish vaqtida kelib tushgan boʼlsa, 322 ta murojaat ish vaqtidan tashqari qoldirilgan. yanvar oyida kelib tushgan.
Tadbirkorlik subyektlarining qoldirgan murojaatlaridan tashqari turli yoʼnalishlarda maslahat yoki qoldirgan murojaatlarining ijro holatini soʼrab, shu bilan birgalikda ijtimoiy, iqtisodiy, shaxsiy savollari bilan qoʼngʼiroq qilgan murojaatchilar ham mavjud boʼlib umumiy hisobda bu tartibdagi qoʼngʼiroqlar soni yanvar oyida 1 744 tani tashkil qiladi.
2021 yil yanvar oiyda Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda COVID-19 pandemiyasi sababli yuzaga kelgan karantin holatining tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida tashkil etilgan “Biznes-klinika” loyihasi doirasida 1094 raqamiga tadbirkorlik subyektlari tomonidan kelib tushgan karantin holati tufayli faoliyatida zarar koʼrayotgan tadbirkorlar tomonidan qoʼngʼiroqlarning asosiy yoʼnalishlari quyidagicha:
№ |
Yo'nalishlar |
Soni |
|
|
1 |
Huquqiy maslahat olish bo'yicha |
276 |
|
|
2 |
Kredit olish maslahat olish bo'yicha |
112 |
|
|
3 |
Yer ajratish bo'yicha maslahat olish masalasida |
125 |
|
|
4 |
Qo'shimcha qiymat solig'i (QQS) bo'yicha maslahat olish bo'yicha |
99 |
|
|
5 |
Yangi korxona оchish bo'yicha maslahat masalasida |
16 |
|
|
JAMI: |
628 |
Yanvar oyi davomida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Biznes-klinika” loyihasi doirasida 6 ta vebinar tashkil qilingan.
Sanoat korxonalarida oʼtkazilgan oʼrganish natijasi, aniqlangan masalalar, ular boʼyicha xizmat koʼrsatilishini tashkillashtirishga doir hisobot
Tahlillarga koʼra, 2021 yil yanvar oy davomida 1937 ta korxonaga chiqish belgilangan boʼlib, 31.01.2021 yil holatiga koʼra, shundan jami 1157 ta korxonaga chiqilgan.
Shuningdek, oʼtkazilgan soʼrovnomalarda 1157 ta korxonalarga tashrif qilingan boʼlib, soʼrovnomalarda keltirilgan savollarga oʼz fikrini bildirgan tadbirkorlik subʼektlari soni 415 ta va ular tomonidan 1182 ta masala bildirilgan. Masalalarni qayd etgan sanoat korxonalari kontakt rekvizitlarining toʼgʼriligi telefon orqali tekshirilganda quyidagi tartib buzilish holatlari aniqlandi:
-oʼrganish oʼtkazilgan sanoat korxonalarining kontakt raqamlarining notoʼgʼriligi;
-soʼrovnomada qayd etilgan tadbirkorlar bilan bogʼlanilganda ular tomonidan ushbu soʼrovnoma toʼldirilmaganlik holatlari;
-soʼrovnomada muammo koʼrsatilmagan lekin tadbirkor bilan bogʼlanilganda muammosi borligi aniqlandi;
-soʼrovnomaning telefon orqali toʼldirilganlik holatlari;
-soʼrovnomada belgilangan muammo aslida korxonada mavjud emasligi;
-soʼrovnoma ancha avval oʼtkazilganligi, baʼzi qayd etilgan muammolarning deyarli hal boʼlganligi maʼlum boʼldi.
2021 yil yanvar oyi mobaynida oʼtkazilgan soʼrovnomalarda belgilangan muammolarning viloyatlar kesimidagi 31.01.2021 sanasi holatiga koʼra umumiy statistikasi
Reja boʼyicha yanvar mobaynida 1937 ta korxonada soʼrovnoma oʼtkazish belgilangan boʼlib, ulardan 1190 tasida soʼrovnoma oʼtkazilgan boʼlib, tekshirish maqsadida tashrif qilingan korxonalar bilan bogʼlanish natijasida 1157 ta (100%) korxonadan 710 tasida (61,4%) soʼrovnomalarda qayd etilgan maʼlumotlarning, belgilangan muammolarning toʼgʼri ekanligi tasdiqlandi, 314 tasida (0,3%) toʼldirgan soʼrovnomalarda telefon raqamlari notoʼgʼri koʼrsatilgan, 111 ta (0,1%) korxonada oʼtkazilgan soʼrovnomalarda muammolar qayd etilmagan, lekin telefon orqali bogʼlanilganda muammosi borligi aniqlandi, 40 ta korxona (0,1%) soʼrovnomasida muammolar kayd qilingan, lekin ushbu korxona bilan telefon orqali bogʼlanilganda aslida muammosi yoʼqligi maʼlum boʼldi, bundan tashqari, baʼzi tadbirkorlarning soʼrovnomada qayd kilingan muammolaridan bir qismi hal boʼlganligi aniqlandi.
11.02.2021
18:12