Davra suhbati: 2021 yilga moʼljallangan Davlat dasturini amalga oshirish mexanizmlari
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natijalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vakillari, vazirlik va idoralar qatori Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili ham ishtirok etib, Davlat dasturida belgilab berilgan «Yoshlar: 1+1» dasturi doirasida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitish hamda «Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor» tamoyili asosida koʼngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish tashabbusini amalga oshirish mexanizmlari, mazmun-mohiyati, hozirgi holat va kutilayotgan natijalar toʼgʼrisida oʼz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 27 yanvar kuni “Yoshlar bandligini taʼminlash va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” oʼtkazgan videoselektorida yoshlar bandligini taʼminlash boʼyicha oldinda turgan muhim vazifalar belgilab berilganligi taʼkidlab oʼtildi.
Maqola, "Tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish boʼyicha dasturlar ishlab chiqish va ularni monitoring qilish boshqarmasi" tomonidan tayyorlandi.
13.02.2021
16:50