“BMB Trade Uzbekistan” va Vengriyaning “KISS Group” korxonasi hamkorligida qiymati 52 million АQSh dollariga teng loyihani amalga oshirishga kelishildi.
Xabaringiz bor, Savdo-sanoat palatasi boshchiligida mahalliy tadbirkorlardan tashkil topgan delegatsiya Vengriyaning Budapesht shahrida Vengriyaning kompaniyalari bilan uchrashuvlar utkazmokda.
Misol tariqasida, Oʼzbekistonning “BMB Trade Uzbekistan” korxonasi Vengriyaning “KISS Group” korxonasi bilan muzokara olib borayotganini keltirishimiz mumkin.
Uchrashuv davomida ikki kompaniya tomonidan qiymati 52 million АQSh dollariga teng loyiha muhokama qilindi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi kungaboqar, soya oʼsimligini Oʼzbekiston hududida yetishtirish va qayta ishlash, shuningdek oʼsimliklardan ekstrakt yogʼlarini olish hisoblanadi.
Аyni vaqtda mazkur loyihani amalga oshirish tizimi ustida muzokarlar davom etmoqda.
17.02.2021
09:19