Qoʼqon shahrida “Xalqaro hunarmandchilik festivali” boʼlib oʼtadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.10.2019 yildagi “Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʼtkazib borishga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoniga asosan har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Qoʼqon shahrida Xalqaro hunarmandchilik hamda festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferentsiyani oʼtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu Festival ilk bor 2019 yilda 10 – 15 sentyabr kunlari Qoʼqon shahrida oʼtgan edi. Tadbir Oʼzbekiston Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʼtkazish toʼgʼrisida”gi 3991-sonli qaroriga muvofiq Xalqaro hunarmandlar kengashi (World Craft Council) bilan hamkorlikda tashkil etilgan edi.
Besh kun davom etgan mazkur festivalda 80 ga yaqin mamlakatning eng sara hunarmand ustalar ishtirok etib Festival bilan bogʼliq xarajatlari tashkiliy qoʼmita tomonidan qoplangan edi.
Mazkur nufuzli anjuman hunarmandchilikni keng targʼib qilish, hunarmandchilik anʼanalari va maktablarini saqlash, qayta tiklash, bu sohadagi ilmiy oʼrganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, oʼzaro tajriba almashish hamda mahorat darslari tashkil etish, ushbu sohadagi iqtidorli hunarmandlarni ragʼbatlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu festivalni joriy yilda ham koʼtarinki tarzda tashkil etib oʼtkazish uchun Fargʼona viloyat hokimligi bilan birgalikda Savdo sanoat palatasi hamda Hunarmand uyushmasi tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
18.02.2021
12:43