Respublikamizdagi qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini savdo tarmoqlariga yetkazib berish boʼyicha “Havas” savdo tarmogʼi bilan onlayn muloqot oʼtkazildi
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan respublikamiz aholisiga arzon qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xoʼjaliklarini savdo tarmoqlari bilan toʼgʼridan-toʼgʼri oldi-sotdi qilish boʼyicha hamkorlik aloqalarini oʼrnatish yuzasidan “В2В” maydonchalarini tashkil etish boʼyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
2021 yil 18 fevral kuni “Havas Food” MChJ - “Havas” savdo tarmogʼining masʼul xodimlari bilan videomuloqot tarzida uchrashuv oʼtkazildi.
Uchrashuv davomida qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini savdo tarmoqlari tomonidan xarid qilish tizimi, chakana sotish shartlari hamda xaridga qoʼyiladigan talablar muhokama qilindi.
19.02.2021
10:41