Italiyaning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi Аgostino Pinna Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida Italiya hamda Oʼzbekiston tadbirkorlari oʼrtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish boʼyicha davra soʼhbati boʼlib utdi. Davra suhbatida ishtirok etgan korxona vakillari hamda mutasaddilar tomonidan ikki mamlakat oʼrtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlash, tadbirkorlar oʼrtasida oʼzaro hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, hamda ishlab chiqarilayotgan tovarlar namoyish etildi.
Shu bilan birga Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitish boʼyicha oʼquv kursalirini tamomlagan yoshlarni Savdo-sanoat palatasining mahsus sertifikatlari bilan taqdirlash marosimida ham Italiya elchisi ishtirok etdi.
Marosim davomida 48 soatlik navbatdagi oʼquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 26 nafar yoshlarga maxsus Sertifikatlar topshirildi. Sertifikatlarining ayrimlari Italiya elchisi Аgostino Pinna tomonidan ham taqdim etildi.
Shuningdek Аgostino Pinna mamlakatimizda keng koʼlamda tashkil etilgan oʼquv kurslarini yuqori baholab, bunday jarayonlar mamlakat rivojiga katta hissa qoʼshishiga ishonch bildirdi.
25.02.2021
20:10