SSP tomonidan Xiva shahrida investitsion loyihalarning amalga oshirilish jarayoni oʼrganildi.
Xabar berganimizdek Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi “2020-2023 yillarda Qoraqalpogʼiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4889-sonli qarori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi hamda Horazm viloyatlarida investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonlari bilan tanishish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning 25 fevral kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xiva shahriga xizmat safari uyushtirildi. Safar davomida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazilib, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, korxonaning eksport salohiyati hamda mavjud muammolar oʼrganildi.
Shuningdek uchrashuvlar davomida Xiva shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tuzilayotgan investitsion loyixalar bilan tanishildi va mazkur loyihalarni mukammallashtirish yuzasidan bir qator tavsiya va koʼrsatmalar berildi.
26.02.2021
09:56