"Tadbirkorlik asoslari" mavzusida 6 kunlik seminar tashkil etildi
Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, hunar o‘rganishi hamda tadbirkorliknirning sir-sinoatlarnini o‘rganishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi qoshidagi "Samarqand kadrlar tayyorlash" o‘quv markazi tomonidan "Tadbirkorlik asoslari" mavzusida 6 kunlik seminar o‘tkazilib, seminar yakunida ya'ni joriy yilning 17 mart kuni seminar ishtirokchilari bilan Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan "AFROSIYOB JEANS" MChJ korxonasiga tashrif buyurgan holda ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi. Aytish joizki, uch kun davom etgan mazkur seminar-treningda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashga bo‘lgan qiziqishi ortgani shubhasizdir. Albatta, bugungi soha mutaxassislaridan olgan bilim va ko‘nlikmalar ular uchun ertangi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
18.03.2021
14:45