Samarqand viloyati Paxtachi tumanida "Tadbirkorlik asoslari" o‘quv kurslarini tamomlagan yoshlarga sertifikatlar topshirildi
Xabaringiz bor, Respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda “Har bir tadbirkor yoshlarga madadkor” tamoyili ostida temir daftarga kiritilgan va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik asoslariga o‘qitish dasturlari davom etmoqda.
Paxtachi tumanidagi ishsiz va uyushmagan yoshlar “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida tadbirkorlikning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirishlari uchun "Tadbirkorlik asoslari" o‘quv kurslarida ishtirok etishdi.
Mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
18.03.2021
15:37