O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga uning a'zosi “ASIA EKO BUILD” MChJ murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘ragan.
“ASIA EKO BUILD” MChJ murojjati o‘rganib chiqilganda, jamiyat va Respublikada faoliyat yurituvchi davlat unitar korxonasi o‘rtasida xizmat ko‘rastish shartnomasi imzolanganligi, Davlat unitar korxona tomonidann shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarilmaganligi natijasida tadbirkor zarar ko‘rganligi aniqlandi.
Davlat unitar korxonasi shartnoma shartlarini lozim daraja bajarilmaganligi oqibatida yetkazilgan zararni undirish yuzasidan Savdo-sanoat palatasi tomonidan Palata a'zosi manfaatida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilingan.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan DUK hisobdan “ASIA EKO BUILD” MChJ foydasiga 245 240 000 so‘m miqdoridagi asosiy qarz, 7 000 000 so‘m miqdorida penya hamda o‘zganing pul mablag‘idan foydalanganlik uchun 40 011 073 so‘m undirib berilgan va, shu tariqa, Palata a'zosining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilingan.
19.03.2021
08:35