Samarqand viloyatida “Har bir tadbirkor yoshlarga madadkor” o‘quv kurslari davom etmoqda.
Habaringiz bor Respublikamiz miqiyosida “Har bir tadbirkor yoshlarga madadkor” tamoyili ostida “Yoshlar 1+1” dasturi doirasida “Temir daftar”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlik asoslariga o‘qitish ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Xususan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on va Jomboy tumanlarida ham yosh yigit-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va ularni bandligini ta'minlash maqsadida o‘qitish ishlari samarali tashkil etilmoqda. Tashkil etilayotgan o‘quv kurslarida tumanda faoliyat yuritayotgan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqlari o‘rnatilgan.
Ta'kidlash lozimki Viloyatining Jomboy tumanida tashkil etilgan o‘quv kurslarida Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti professor-o‘qituvchilari, taniqli tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi. Master-klassslar davomida yoshlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar berilib, mutasaddilar tomonidan mazmunli va batafsil javoblar berildi.
Shuningdek davom etayotgan 48 soatlik o‘quv kurslari yakunida o‘qish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlagan yoshlarga Savdo-sanoat palatasining maxsus sertifikatlari taqdim etiladi.
19.03.2021
19:12