Yurtimizda xotin - qizlar xar tomonlama qullab quvvatlanmoqda.
Jamiyatimizda ayollar faolligini yanada oshirish ularni ish bilan ta'minlash asosiy e'tibor markazda.
Jumladan Xorazm viloyatining shaxar tumanlarida xam xotin-qizlar bilan tizimli ishlash maqsadida “Ayollar daftari” shakllantirilgan bo‘lib, ularni kasbga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish buyicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Hususan Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyatining barcha shaxar tumanlarida ayollarni tadbirkorlikka o‘qitish maksadida o‘quv kurslari tashkil etilgan.
Tashkil etilgan o‘quv kurslarida ayollarga tadbirkorlik ko‘nikmalari o‘rgatilib kelinmoqda. Bundan tashqari, xususiy biznesni qanday boshlash buyicha mutaxassislar tomonidan tushunchalar berilmoqda.
Viloyatning Xazorasp tumanida ham “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar mazkur o‘kuv kurslarda ushbu soxaning sir-asrorlarini yaqindan o‘rganmokda. Tadbirkorlik yunalishilari bo‘yicha bilm va tajribaga ega bo‘lmoqda.
Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan yil davomida viloyatdagi xar bir hudud kesimida mazkur ishlar rejali amalga oshiriladi.
23.03.2021
12:53