O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mutaxassislari bilan eksportni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videomuloqot bo‘lib o‘tdi.
2021 yil 23 mart kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan O‘zbekistonda eksportni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videomuloqot bo‘lib o‘tdi.
Vebinarda IHTTning Yevroosiyo davlatlari bilan hamkorlik bo‘linmasi rahbari Arno Prete, shu bo‘linma iqtisodchisi Ameliya Shurix-Rey va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i G‘afurjon Usmanov ishtirok etdilar.
Tadbirda IHTT mutaxassislari tomonidan respublikamiz eksport salohiyatini oshirish borasida Savdo-sanoat palatasining vazifalari, mahsulotlarni sertifikasiyalash va standartizasiyalashda tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan ko‘mak hamda eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashildi.
Shu bilan birga videomuloqot davomida O‘zbekistonda eksport muhitini yanada yaxshilash, IHTT va unga a'zo davlatlar bilan sertifikasiya va standartizasiya borasida tajriba almashish, IHTT tomonidan O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga qaratilgan masalalar bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
SSP Matbuot xizmati
23.03.2021
18:56