Tomdi tumanida «Yoshlar: 1+1»dasturi ijrosi ta'minlanmoqda
Navoiy viloyatining Tomdi tumanida "Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor" tamoyili asosida tumanda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, biznes bo‘yicha dastlabki bilm va ko‘nikmalarni berish maqsadida tashkil etilgan 48 soatlik o‘quv kurslarining birinchi bosqichi yakunlandi.
O‘quv kursi davomida tinglovchilarga Davlat xizmatlari agentligi tuman bo‘limi xodimlari, bank xodimlari, sektor rahbarlari hamda malakali o‘qituvchilar biznesga oid bilimlarni berishdi.
O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchi yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
24.03.2021
10:06