Rossiyada plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilmoqda
Rossiyada plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning 2021 yil 5-7 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilmoqda.
Bunda Rossiya korxonalari, respublikamizda plastmassani qayta ishlash, polimer, kauchuk, mashinasozlik, kosmetika, meva-sabzavotlarni qadoqlash uchun yashiklar, mebel, o‘yinchoq, tibbiyotda ko‘p ishlatiladigan materiallar, sport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurib, mahalliy tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istagini bildirgan.
Shu munosabat bilan plastmassani qayta ishlash sohasida Rossiya korxonalari bilan hamkorlik qilish istagidagi tadbirkorlik subyektlari o‘z takliflarini (korxona nomi, faoliyat yo‘nalishi, hamkorlik taklifi, mas'ul xodim ismi sharifi, aloqa uchun telefon raqamini rus tilida) 2021 yil 2 aprelga qadar Palataning sh.usmanov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishlarini so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun Palata mas'ul xodimi Usmanov Shaxzodga +99878 150-60-06 (ichki 1849) telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.
26.03.2021
18:17