Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha vebinar o‘tkazilmoqda
Xitoy bozoriga respublikamiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport hajmini oshirish maqsadida, O‘zbekistonning Xitoydagi Elchixonasi tomonidan Xitoy qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligi huzuridagi Xalqaro almashish markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 29 mart-8 aprel' kunlari vebinar tashkillashtirilmoqda.
Ushbu vebinarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad qishloq ho‘jaligi sohasidagi mahalliy tadbirkorlik sub'etlarining zararkunanda va kasalliklarning fitosanitariya xavf-xatarlarini tahlil qilish, laboratoriya diagnostikasi va zararkunandalarni fumigasiya qilish bo‘yicha malakalarini oshirishdan iborat.
Tadbir 11 ta turli mavzular bo‘yicha alohida mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi (vebinar dasturi ilova qilinadi).
Shu munosabat bilan, mazkur vebinarda ishtirok etish istagidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va ekport qiluvchi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokchi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni (korxona nomi, faoliyat yo‘nalishi, ishtirokchi F.I.Sh., aloqa uchun telefon raqamlar) 2021 yil 29 mart soat 10:00 ga qadar Palataning eksportga ko‘maklashish boshqarmasi y.khusanboyev@chamber.uz elektron pochtasiga taqdim etishlarini so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma'lumot hamda “Zoom” dasturi havolasi bo‘yicha Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi mas'ul xodimi Xusanboev Yo‘ldoshaliga +99871-78-150-60-06 telefon raqami orqali bog‘lanish mumkin.
27.03.2021
13:25