O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga uning a'zosi “Xatirchipaxtatozalash” AJ murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘ragan.
“Xatirchipaxtatozalash” AJ murojaati o‘rganib chiqilganda, jamiyatga tegishgli bo‘lgan 1.0 gektar yer maydoni Xatirchi tuman hokimligining Q-718 sonli qarori bilan asossiz ravishda tuman zaxirasiga olib quyilganligi aniqlandi.
Tuman hokimligining yer maydonini tuman zahirasiga olib quyish tug‘risidagi qarorini haqiqiy emas deb topish yuzasidan Savdo-sanoat palatasi tomonidan Palata a'zosi manfaatida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilingan.
Navoiy tumanlararo ma'muriy sudining hal qiluv qarori bilan Tuman hokimining 2020 yil 5 maydagi “Xatirchipaxtatozalash” AJga tegishli yer maydonini tuman zaxira yerlar hisobiga qaytarib olish to‘g‘risidagi Q-718 sonli qarori haqiqiy emas deb topilib, Palata a'zosining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilingan.
27.03.2021
18:41