Yoshlar dasturi amalda
Avval ma'lum qilganimizdek, Respublikamiz bo‘ylab “Har bir tadbirkor yoshlarga madadkor” tamoyili ostida temir daftarga kiritilgan va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik asoslariga o‘qitish dasturlari bosqich-ma bosqich davom etmoqda.
Shu o‘rinda, To‘rtko‘l tumanida ushbu tamoyil ostida "Yoshlar 1+1" dasturi buyicha yoshlarni "Tadbirkorlik asoslari"ga o‘qitish doirasida 48 soatlik o‘quv-seminarining 4-bosqichiga start berildi.
Seminarda Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi rahbari Sh.Saburov "Tadbirkorlik yo‘nalishlari" va "Biznes-g‘oyalar" mavzularida tushuntirishlar olib bordi. Xususan, "Aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar va imtiyozlar" borasida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mutaxassisi S. Yuldashev tushuncha berib o‘tdi.
29.03.2021
14:56