40 nafar tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari qabulga qadar hal etildi
Samarqand viloyati hokimining “Dushanba-Tadbirkorlar kuni”ga yozilgan 50 nafar tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlari hafta davomida ko‘rib chiqilib, 40 nafarining muammosi qabulga qadar hal etildi. 2021 yil 29 mart kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi binosida 10 nafar tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlari eshitilib, mazkur murojaatlarni belgilangan tartibda qonun doirasida yechimini hal qilish bo‘yicha viloyat mutasaddilar bilan qabul o‘tkazildi.
29.03.2021
15:21