O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga uning a'zosi “Tayanch qurilish servis” MChJ murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘ragan.
“Tayanch qurilish servis” MChJ murojaati o‘rganib chiqilganda, jamiyat va Qiziltepa tuman hokimligi o‘rtasida qiymati 407.605.520 so‘mlik shartnoma imzolanganligi va jamiyat shartnoma shartlari to‘liq bajargan bo‘lishiga qaramasdan tuman hokimligi tomonidan bajarilgan ish uchun to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi aniqlandi.
Tuman hokimligining shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi yuzasidan Savdo-sanoat palatasi tomonidan Palata a'zosi manfaatida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilingan.
Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan tuman hokimligidan “Tayanch qurilish servis” MChJ foydasiga 407.605.520 so‘m miqdorida qarzdorlik undirib berilgan va, shu tariqa, Palata a'zosining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilingan.
31.03.2021
17:00