"Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarni tadbirkorlik asoslariga o‘qitish ishlari davom etmoqda
"Xar bir tadbirkor yoshlarga madadkor" Tamoyili asosida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarni tadbirkorlik asoslariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari davom etmoqda. Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshkarmasi va boshka mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu o‘quv kurslarida yosh yigit-kizlar tadbirkorlik soxasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. Ushbu loyiha doirasida Bog‘ot tumani xokimi tomonidan yoshlarga tadbirkorlikni kanday boshlash bo‘yicha qizikarli dars mashg‘uloti o‘tkazildi.Tuman xokimi yoshlarning kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi. Shuningdek uchrashuv davomida ularga o‘zining tavsiya va takliflarini xam berdi. Uchrashuv doirasida yoshlar o‘zlarining yangi loyixa va g‘oyalari xaqida gapirib berishdi.Ta'kidlash kerak, "Yoshlar 1+1" Dasturi doirasida tadbirkorlik asoslari va ko‘nikmalariga o‘qigan yoshlar tijorat banklaridan imtiyozli kredit olish uchun maxsus sertifikat bilan xam takdirlanadi.
01.04.2021
15:58